Vertikal bug'lash bilan siz ilgichdagi kiyimlarni, shuningdek ilingan pardalarni kuchli bug’ yordamida dazmollashingiz mumkin.O'z-o'zini tozalash funksiyasi dazmol idishning ichki qismini cho’kmadan tozalash uchun mo'ljallangan, bu esa jihozning ishlash muddatini uzaytiradi. Avtomatik o'chirish dazmolni ma'lum vaqt harakatsizligidan keyin o'chiradi va jihozni o’ta qizib ketishidan himoya qiladi. Dazmol to’plami tarkibiga suv quyish uchun o'lchov idishi ham kiradi.
*Tovarning butlovchi qismlari va rangini maslahatchidan aniqlashtirib oling