Rasmiy kafolat

barcha mahsulotlar uchun

O'zbekiston bo'ylab

yetkazib berish

Eng yaqin do'kondan

olib ketish

Qulay muddatli to'lov

boshlang’ich to'lovsiz

ART-60C101-I Gold

ART-60C101-I Gold
ART-60C101-I Gold
ART-60C101-I Gold
ART-60C101-I Gold
35
231: Artel
  • SKU 377


















Artel ART 60C101-I avtomat kir yuvish mashinasi

Artel ART 60C101-I avtomat kir yuvish mashinasi innovatsion va yuqori sifatli Eco Invertor motori bilan jihozlangan. Bu yuvish paytida hosil bo‘ladigan shovqinni 60 dB gacha va siqish jarayonidagini esa 68 dB gacha tushiradi. Viqorli dizayni tufayli u har qanday interyerga juda mos tushadi. Barabanning maksimal sig‘imi 6 kg. Bu bir vaqtning o‘zida juda ko‘p narsalarni yuvish uchun yetarli. Siqish jarayonidagi barabanning aylanish chastotasi daqiqasiga 1000 aylanishni tashkil etadi. Ushbu model yuqori energiya samaradorligining A sinfiga tegishli bo‘lib, shu bilan birga u bir siklda 2,14 kVt / soat elektr energiyasi va 53 litr sarf qiladi. Shu tufayli siz doimiy ravishda katta miqdordagi kommunal to‘lovlarni to‘lashingiz shart bo‘lmaydi. Qulay aylantiriladigan almashtirish dastagi va elektron panel yordamida siz ish rejimini osongina o‘rnatishingiz mumkin. Bundan tashqari, kichik LCD displey barcha kerakli ma'lumotlarni va yuvish siklining oxirigacha qancha vaqt qolganini ko‘rsatadi.

Yuqori sifatli Eco Invertor dvigateli elektr energiyasini sezilarli darajada tejaydi. Shuningdek, Eco Invertor an'anaviy motorlarga qaraganda ancha uzoq xizmat qiladi va butunlay shovqinsiz ishlaydi.

Barabanni avtomatik muvozanatlash funksiyasi yuklangan kirning og‘irligini baraban bo‘ylab mustaqil ravishda taqsimlaydi va shu bilan birga yuvish paytida tebranish va shovqinni sezilarli darajada kamaytiradi.

Har qanday o‘lchamdagi kirlarni hech qanday qiyinchiliksiz solish qulay bo‘lishi uchun kir yuvish mashinasining yuklash lyuki kengaytirildi.

Barabanning antibakterial qoplamasi har qanday kiyimni, ayniqsa oilangizning eng kichik a'zolarining kiyimlarini kafolatlangan tarzda tozalaydi.

*Mahsulotning rangi va to‘plam tarkibini maslahatchidan aniqlashtiring.

    13

    105




































      15

      2023 © «idea.uz - интернет-магазин»