ArtelMilagro 00-K kombinatsiyalangan plita uchta gaz va bitta elektr gorelkali pishirish yuzasi va kombinatsiyalangan pechdan iborat. Ovqat pishirish uchun har doim qulay gorelkani tanlashingiz mumkin. Elektr gorelka ishi indikatori har doim elektr gorelka ishlayotganligi haqida xabar beradi. O‘rnatilgan termometr tufayli siz pishirish haroratini kuzatishingiz mumkin, mexanik taymerning mavjudligi esa taom tayyor bo‘lganligini sizga o‘z vaqtida xabar beradi. Ushbu modeldagi pech pastda gaz gorelkasi va yuqori qismida elektr isitish elementini birlashtiradi. ArtelMilagro 00-K kombinatsiyalangan plitasidan foydalanish oson. Ishlab chiquvchilar pech shkafi oynasini olib tashlash imkoniyatini taqdim etgani uchun, zarur tug‘ilganda, uni istalgan vaqtda osongina olishingiz va tozalashingiz mumkin.