NoveyM350 Kids mobil telefoni
Bolalar uchun yangi tugmachali telefon –bu nafaqat yaqinlar bilan bog‘lanishning qulay usuli, balki ularning sevimli minion qahramonlari shaklidagi yorqin telefondir. Bundan tashqari, qo‘shimcha stikerlar tufayli bola telefonini o‘z kayfiyatiga moslashtirishi mumkin. Xavfsizlik haqida tashvishlanishning hojati yo‘q, chunki telefonda bo‘yniga ilib olish uchun maxsus tasma mavjud. Kiruvchi qo‘ng‘iroqlari vaqtida esa kayfiyatingizni ko‘taruvchi, yuzga tabassum yugurtiruvchi kulgili polifoniya yangraydi.