LG F2V7GW1W kir yuvish mashinasi
Xuddi shu hajm bilan sig‘imni oshirish. Turli xil sharoitlarda yuvish bo‘yicha katta hajmdagi ma’lumotlar tahlili asosida ishlab chiqilgan AI DD texnologiyasi kirlaringizni avaylab yuvish uchun mashina barabanining optimal ishini ta’minlaydi. LG Steam+ texnologiyasi allergiya va nafas olish muammolarini keltirib chiqaradigan chang hashoratlari kabi allergenlarni 99,9 foizga kamaytiradi. Agar siz biror kiyimni yuvishga tashlashni unutgan bo‘lsangiz, uni sikl boshlangandan keyin ham qo‘shishingiz mumkin. LG kir yuvish mashinasi «Kir qo‘shish» tugmasi bilan jihozlangan bo‘lib, u kir yuvish jarayonida eshikni ochish va unutilgan kirlarni qo‘shish imkonini beradi. Maxsus ishlab chiqilgan Voltage Control tizimi (kuchlanishning tushib ketishidan himoya) barcha LG texnikalarining uzluksiz ishlashiga imkon beradi. Kompaniya o‘z istemolchilarining qulayligi va xavfsizligi haqida qayg‘uradi. Shu bois, Voltaj Control tizimi bilan texnika navbatdagi chiroq o‘chishi yoki kuchlanishning yaqqol pasayishi natijasida yonib ketishidan xavotirlanishga hojat yo‘q. Bevosita qo‘zg‘atish tizimiga ega invertor motor yuvish sifatini yaxshilaydi,o‘ta bardoshli va ayni paytda shovqin chiqarmaydi va tebranmaydi. Bundan tashqari, u kamroq energiya sarflaydi, quvvat sarfini kamaytiradi. Mobil diagnostika funksiyasi kir yuvish mashinasining ishlashini xizmat ko‘rsatish markazi xodimini chaqirmay tekshirish imkonini beradi. ThinQ texnologiyasi istalgan joyda va istalgan vaqtda yuvish jarayonini nazorat qilish va kuzatish imkonini beradi.
* Mahsulotning rangi va to‘plam tarkibini maslahatchidan aniqlashtiring