220 Smartfonlar
Smartfon Apple IPHONE 14 PRO 128 GB SPACE BLACK
128 Gb hajmli ichki xotiraga ega iPhone 14 Pro 120 Gts gacha moslashuvchan yangilanish chastotasiga ega 6,1 dyuymli OLED displey bilan jihozlangan. Ushbu modelga uchta asosiy kamera (48 MP, 12 MP va 12 MP) va old modul (7 MP) o‘rnatilgan, videoni 4K sifati bilan sekundiga 30 kadr tezlikda yozib olish mumkin. Asosiy keng burchakli obyektiv sapfirli himoya oynasi bilan jihozlangan.
MagSafe simsiz zaryadlash va Qi standartini qo‘llab-quvvatlaydigan litiy-ion akkumulyatordan quvvatlanadi. Resurs 75 soat audio tinglash va 23 soat video ko‘rish uchun yetadi. To‘plam Lightning va USB Type-C ulagichlari bo‘lgan kabelni o‘z ichiga oladi. Smartfon olti yadroli A16 Bionic protsessori bilan jihozlangan.
Korpus IP68 namlikdan himoya toifasiga ega, u zanglamaydigan po‘latdan yasalgan. Qurilma 6 m chuqurlikka sho‘ng’ishdan qo‘rqmaydi. Displey Ceramic Shield zarbaga chidamli oynasi bilan jihozlangan. Ushbu modelda nano-formatli SIM-kartadan foydalalaniladi, qurilma 5G gacha bo‘lgan mobil ma'lumotlarni uzatish standartlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Unda NFC, Bluetooth 5.3 simsiz texnologiyalari joriy qilingan hamda Wi-Fi moduli mavjud. Navigatsiya uchun GPS, GLONASS, raqamli kompas, oʻrnatilgan barometr va ekran mo‘ljali uzatgichi javobgardir.
*Mahsulotning rangi va to‘plam tarkibini maslahatchidan aniqlashtiring