Smartfon Apple IPHONE 13 128GB MIDNIGHT
A15 Bionic - bu barchasini o‘zgartiruvchi chip.
Ultra tezkor A15 Bionic chipi «Kinoeffekt», Fotografik uslublar va boshqa funksiyalar ishini ta'minlaydi. Secure Enclave shaxsiy ma'lumotlarni, jumladan Face ID va kontaktlarni himoya qiladi. Yangi chip esa akkumulyatorning ishlash muddatini oshiradi.
Aloqada. Ayni damda.
iOS 15 da siz FaceTime bo‘yicha suhbat davomida odamlar bilan ekraningizdagi filmlar, musiqa va boshqa kontentni baham ko‘rishingiz mumkin. Bildirishnomalarning ayni paytda dolzarb bo‘lganlarini ko‘rish va asosiy narsaga e'tibor qaratish uchun ularni sozlash oson. E-pochta xabarini yuborish yoki qo‘ng’iroq qilish uchun esa suratdagi tegishli matnni bosishning o‘zi kifoya.
O‘zingizning noyob uslubingizda suratga oling.
Fotografik uslublar sizga suratlaringizni yanada yorqinroq qilish imkonini beradi. Ammo filtrlardan farqli o‘laroq, uslublar odamlarning teri rangini o‘zgartirmasdan fotosuratning har bir maydoniga alohida qo‘llaniladi. Yangi matritsa qo‘zg’ alishili optik stabilizatsiya beqaror holatda ham tiniq kadrni taʼminlaydi.
* Mahsulotning rangi va to‘plam tarkibini maslahatchidan aniqlashtiring