Beko WSPE7H616W kir yuvish mashinasi
Beko WSPE7H616W kir yuvish mashinasi 7,5 kg gacha bo‘lgan kirlarni yuklash uchun mo‘ljallangan. Model turli matolar uchun ixtisoslashtirilgan , shuningdek, gipoallergenik yuvish, 15 daqiqali tezkor yuvish, hayvonlarning junlarini ketkazish kabi rejimlari mavjud bo‘lgan 15 ta dasturni qo‘llab-quvvatlaydi. SteamCure texnologiyasi dog'larni ketkazishni yaxshilash uchun ishlatiladi. Yuvish boshida ushbu texnologiyadan foydalanish matolardagi qotib qolgan kirlarni yumshatish imkonini beradi. Siqish rejimida siz mashinani 1200 ayl/daq tezlikda ishlashga sozlashingiz mumkin.
Beko WSPE7H616W ning o‘ziga xos xususiyati bu masofadan boshqarish imkoniyati bo‘lib, undan planshet yoki smartfonga maxsus HomeWhiz ilovasi o‘rnatilgandan so‘ng foydalanish mumkin. Uning yordamida siz nafaqat yuvishni boshlashingiz yoki o‘chirishingiz, balki siklni to‘xtatib qo‘yishingiz, vaqtni kuzatishingiz mumkin. Modelning ichki qismlari nikel qoplamali Hi-Tech isitish elementi tomonidan qasmoq va zangdan himoyalangan. Mashina shovqin darajasini 63 dB-gacha kamaytirish imkonini beruvchi ProSmart invertor dvigateli bilan jihozlangan.
* Mahsulotning rangi va to‘plam tarkibini maslahatchidan aniqlashtiring.