Klassik dizaynda ishlangan. Metalldan yasalgan ostki qismi olib qo’iladigan paxta matodan tikilgan chexol bilan qoplangan va taxtaning chekasida dazmol qo‘yiladigan joy bor. Kiyimlarning murakkab elementlarini qulay dazmollash uchun taxtaning bir tomoni torroq qilib yasalgan. Dazmol taxtasini yig'ish va har qanday qulay joyda tik holatda saqlash oson. Taxtaning oyoqchalari dumaloq kesimli quvurlardan yasalgan bo’lib, ularning yanada mustahkam bo’lishi uchun, pastki qismiga ko'ndalang sinchlar ishonchli payvandlangan. Dazmol taxtasi oyoqchalarining uchlariga rezinali to'xtash moslamalari o’rnatilgani tufayli ular polni qirmaydi yoki silliq yuzada sirpanmaydi.
* Mahsulotning komplektasiyasi va rangini maslahatchidan aniqlang .