220 Smartfonlar
Katta diametrli diafragma F/1,8 bilan jihozlangan 13 megapikselli asosiy kameraning yangi AI Camera 3.0 algoritmi kechayu- kunduz aniqroq va tabiiyroq suratga olish imkonini beradi. To‘rtta chaqnoqli orqa kamera tufayli siz xira yorug’likda ham yorqinroq va chiroyli suratlar olishingiz mumkin. 10 xil sahnani aniqlash rejimi mavjud bo‘lib, u bir vaqtning o‘zida oddiy va murakkab kompozitsiyalar uchun mos keladi. Ssenariyni tanigandan so‘ng, SI yanada real va detallashtirilgan suratlarni olishingiz mumkin bo‘lgan tegishli optimallashtirish taklifini beradi. SI HDR suratga olishda qorong’u detallarga urg’u berib, yoruq qismlarning haddan tashqari yoritib ko‘rsatilishini oldini oladi. Tumanni olib tashlash algoritmi selfilarning umumiy ko‘rinishini yaxshilaydi. Ranglarni yo‘qotishlarsiz uzatish tufayli selfilar detallashtirilgan, yorqinroq va to‘yinganroq bo‘ladi. Portret obyektini diqqat markaziga aylantirish va tasvir detallarini yanada aniqroq qilish uchun fonni xiralashtirish effekti butunlay yangilandi. Ultra katta planda suratga olishning beqiyos darajasi atrofingizdagi eng kichik obyektlarning go‘zalligini ko‘rish imkonini beradi.
*Maslahatchidan tovarning rangi va to‘plam tarkibini aniqlashtiring.