Ikki diapazonli gigabitli Wi-Fi router Archer C7 AC1600
802.11ac simsiz texnologiyasining keyingi avlodini N-seriyali qurilmalarga qaraganda 3 baravar yuqoriroq tezlik bilan qoʻllab-quvvatlaydi.Qurilma maʼlumotlarni ikki chastota diapazonida uzatadi va 1,75 Gbit/s gacha bo‘lgan jami oʻtkazuvchanlikni taʼminlaydi. 5 gigagertsli chastotada 1,3 Gbit/s va 2,4 GGs da 300 Mbit/s. Bu HD oqimli videolari, onlayn o‘yinlar va o‘tkazish qobiliyatini talab qiladigan boshqa vazifalar uchun ajoyib tanlovdir.
Beqiyos simsiz ulanish sifatini ta`minlab bir vaqtning o‘zida 2,4 gigagerts va 5 gigagertsli chastotalarda ishlaydi. Bir vaqtning o‘zida ikki diapzonni qo‘llab-quvvatlash ehtiyojlaringizga mos keladigan ikkita yuqori tezlikdagi kanallardan birini tanlash imkonini beradi. Elektron pochtani o‘qish yoki internetni ko‘rish kabi oddiy vazifalar 2,4 gigagertsli chastotada, onlayn o‘yin o‘ynash yoki HD video oqimini tomosha qilish kabi yuqori o‘tkazish qobiliyatini talab qilinadigan vazifalar esa 5 gigagertsli chastotada amalga oshirilishi mumkin.
Bir gigabitli WAN porti va to‘rt gigabitli LAN porti standart Ethernet ulanishidan to‘rt baravar yuqori tezlikni ta’minlaydi. Bu ishonchli va juda tezkor simli tarmoqni qo‘llab-quvvatlashga qodir kuchli tarmoq markazidir.
*Mahsulotning rangi va to‘plam tarkibini maslahatchidan aniqlashtiring.