idea’dan sovg‘a sertifikati – mukammal tanlov!
Nima sovg‘a qilishni bilmayapsizmi? Sovg‘a sertifikati har qanday bayram uchun universal yechim. Tug‘ilgan kun, yangi uy, to‘y yoki shunchaki e’tibor ifodasi – yaqinlaringiz o‘z orzularidagi sovg‘ani o‘zlari tanlashsin.
🎁 Sovg‘a sertifikatimizning afzalliklari
- Erkin tanlov: maishiy texnika, gadjetlar va aksessuarlar bitta joyda.
- Turli nominal: istalgan byudjetga mos keladigan summani tanlash imkoniyati.
- Amal qilish muddati: qulay muddatni tanlagan holda, xariddan maksimal darajada zavq oling.
- Qulay foydalanish: sertifikatni O‘zbekiston bo‘ylab idea savdo tarmog‘ining barcha do‘konlarida ishlatish mumkin.
💡Qanday xarid qilish mumkin?
- Kerakli nominalni tanlang.
- 712307799 raqami orqali sertifikatni rasmiylashtiring.
- Sertifikatni elektron shaklda yoki sovg‘a qadog‘ida qo‘lga kiriting.
🎉 Erkin tanlov – eng yaxshi sovg’a!
Sovg‘a sertifikatidan foydalanish shartlari:
- Amal qilish muddati: sertifikat muddati tugagandan so‘ng yaroqsiz hisoblanadi.
- Qisman foydalanish: agar xarid summasi sertifikat nominalidan yuqori bo‘lsa, farqni naqd yoki bank kartasi orqali to‘lash mumkin. Agar xarid summasi nominaldan past bo‘lsa, qolgan summa qaytarilmaydi va boshqa xarid uchun ishlatilmaydi.
- Qaytarish va almashtitish: sovg‘a sertifikatlari pulga almashtirilmaydi va qaytarilmaydi.
- Yo’qotish va o’g’irlik: kompaniya yo‘qolgan yoki o‘g‘irlangan sertifikatlar uchun javobgar emas. Agar sertifikat hali ishlatilmagan bo‘lsa va chek taqdim etilsa, uni qayta tiklash mumkin.
- Chegirma va aksiyalardan foydalanish: agar aksiyaning shartlariga zid bo’lmasa, sertifikat aksiyali va chegirmali tovarlarni xarid qilishda ishlatilishi mumkin.
- Cheklovlar: sertifikat boshqa sovg‘a sertifikatlarini sotib olish uchun ishlatilishi mumkin emas.