Loading

Changyutgichni товаров

Вид:
























Changyutgich har qanday uy uchun muhim element hisoblanadi. Qurilma xonadon egasiga changni tez tozalash yoki ifloslanishdan xalos bo‘lish, shu bilan uyda tozalik va qulaylikni saqlash imkonini beradi. Agar siz changyutgich xarid qilishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, Toshkent shahrida yoki O‘zbekiston Respublikasining boshqa hududida istiqomat qilsangiz, idea do‘konlari tarmog‘iga murojaat qiling.

Nega changyutgichni Idea.uz do‘konidan xarid qilgan ma’qul

idea internet-do‘koni e’tiboringizga yuqori sifatli elektronika va maishiy texnikani taqdim etadi. Bizning katalogimizda taqdim etilgan barcha mahsulotlar taniqli kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilgan bo‘lib, barcha xalqaro sifat standartlariga javob beradi. Bundan tashqari, bizda doimiy ravishda turli xil aksiyalar o‘tkaziladi, ular davomida siz yuqori sifatli changyutgich va boshqa kerakli maishiy texnikani hamyonbop narxlarda xarid qilishingiz mumkin.

Changyutgichni tanlash mezonlari

Changyutgichni tanlashda quyidagilarni hisobga oliish lozim:

  • tozalash rejalashtirilgan hududning maydoni va turi: xonadonlar, xususiy uylar, omborlar va ofislar uchun turli xil modellar qo‘llanadi;
  • o‘lchamlari va manyovrlilik: qurilma oson ishlashi va juda og‘ir bo‘lmasligi kerak;
  • shovqin darajasi;
  • quvvat: u qanchalik ko‘p bo‘lsa, xonalaringizni tozalash ishlari sifatliroq bo‘ladi. Agar uyingizda uy hayvonlari bo‘lsa, unda bu eng yaxshi variant;
  • nam tozalash optsiyasi: ko‘plab zamonaviy changyutgichlar ushbu funktsiya bilan jihozlangan bo‘lib, u nafaqat changni tozalash uchun, balki gilam va yumshoq mebellarni yuvish uchun ham foydalanish imkonini beradi.

Qanday changyutgichlar bor?

  • klassik: - odatda ular kundalik turmushda qo‘llanadi va xonadonni yuqori sifatli tozalash imkonini beradi;
  • vertikal: juda iflos bo‘lmagan kichik joylarni tozalash uchun mo‘ljallangan ixcham modellar. Misol uchun, oz miqdorda chang, axlat yoki jun;
  • robotlar: avtomatik rejimda ishlaydigan ixcham changyutgichlar. Tozalikni saqlab turish va uncha katta bo‘lmagan tozalash ishlarini amalga oshirish uchun ishlatiladi.

Changyutgichni bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan xarid qilish mumkinmi?

Ha, O‘zbekistonning barcha fuqarolari uchun 24 oygacha bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati mavjud. Siz idea tarmog‘ining filiallaridan biriga shaxsan tashrif buyurganingizda, 71 230 77 99 raqamiga qo‘ng‘iroq qilganingizda yoki internet-do‘konimizning rasmiy saytida maxsus shaklni to‘ldirganingizda uni rasmiylashtirishingiz mumkin. Sizga kerak bo‘lgan yagona narsa - pasport va bank kartasi. Qoidaga ko‘ra, arizalar bir necha daqiqada ko‘rib chiqiladi, xaridni amalga oshirgandan so‘ng mahsulotingizni darhol olib ketishingiz mumkin.





































    Обратная связь

    2022 © «Idea.uz - интернет-магазин»