Loading

Davlumbazlar товаров

Вид:
























Sifatli oshxona dudbo‘roni bizga oshxonada o‘zimizni qulay his qilishga yordam beradi: u havoni taom tayyorlash jarayonida hosil bo‘ladigan issiq yog‘ning zararli zarralari va gaz yonishi mahsulotlaridan tozalaydi. Bunday qurilmani ishonchli yetkazib beruvchilar va jahon  brendlari bilan ishlaydigan sinalgan do‘konlardan xarid qilgan ma’qul.

Nega oshxona dudbo‘ronini Idea.uz internet-do‘konidan xarid qilgan ma’qul

Idea do‘konida xarid qilingan oshxona uchun dudbo‘ron barcha sifat standartlariga to`g`ri keladi. Bizda ushbu turdagi mahsulotlarning keng assortimenti mavjud – har qanday hamyonga to‘g‘ri keladigan variantni topish mumkin. Mahsulotlarning hammasiga kafolat taqdim etiladi. Buning ustiga bizda muntazam ravishda turli aksiyalar o‘tkaziladi, ularda oshxona uchun dudbo‘ronlar arzon narxlarda sotiladi.

Oshxona dudbo‘ronini tanlash mezonlari

Agar siz oshxona dudbo‘ronini xarid qilmoqchi bo‘lsangiz, ushbu qurilmaning quyidagi xususiyatlariga e’tibor bering:

  • qurilmaning unumdorligi va quvvati: bu xususiyatlar oshxonangiz maydoniga va devorlarining balandligiga bog‘liq. Qurilmaning quvvati soatiga o‘rtacha 10-15 martagacha havoni tozalashga yetishi kerak;
  • buyum korpusining materiali: dudbo‘ron tayyorlangan materiallar birikmasiga e’tibor bering. Shisha, metall va plastikdan tayyorlangan dudbo‘ronlar bo‘ladi. Ularning har birining o‘z ijobiy va salbiy tomonlari bor;
  • oshxona uslubiga mos keladigan konstruktsiya;
  • shovqin darajasi;
  • qo‘shimcha funksiyalarning mavjudligi: taymer, masofadan boshqarish pulti, yoritish turi;
  • o‘lchami: dudbo‘ron oshxona mebelingizga yaxshi mos kelishi kerak.

O‘zingizga qulay vaqtda bizga 71 230 77 99 telefoni orqali qo‘ng‘iroq qiling yoki internet-do‘kon elektron-pochtasiga yozing. Mutaxassislarimiz sizga optimal yechimni topishga yordam beradi, siz hamyonbop narxda sifatli oshxona dudbo‘ronini xarid qilishingiz mumkin. Biz doim aloqadamiz va yordam berishdan mamnun bo‘lamiz.

Oshxona dudbo‘ronini bo‘lib to‘lash sharti bilan xarid qilish mumkinmi?

Ha, katalogimizdagi 500 000 so‘mdan boshlanadigan har qanday mahsulotni xarid qilganda, bir zumda bo‘lib to‘lash imkoniyati barcha O‘zbekiston fuqarolari uchunmavjud.

Toshkent shahri bo‘yicha bepul yetkazib berish xizmati amal qiladi. Bo‘lib to‘lash imkoniyati onlayn rejimda ham, internet-do‘konning 71 230 77 99 telefon raqami bo‘yicha ham, idea tarmog‘i do‘konlarining istalgan filialida ham taqdim etiladi.

Bo‘lib to‘lashni rasmiylashtirish uchun bor-yo‘g‘i pasport va bank kartasi talab qilinadi.

Arizangizni ko‘rib chiqish muddati maksimal tez amalga oshiriladi va siz murojaat qilgan kuningizda o‘zingizni qiziqtirgan mahsulotni olishingiz mumkin.





































    Обратная связь

    2022 © «Idea.uz - интернет-магазин»